O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yangi o‘zgarishlardan xabaringiz bormi?!

“Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati

  1. Qonunning maqsadi.

Qonunning maqsadi “bir sud – bir instansiya” tamoyili asosida sud qarorlarini qayta ko‘rish tizimida yillar davomida to‘planib kelingan muammolarni bartaraf etish, to‘rt bosqichli sud instansiyalari o‘rniga uch bosqichli sud tizimi tashkil etilishi natijasida nazorat tartibida ko‘rish instansiyasini bekor qilish, odil sudlovni taʼminlashda fuqarolarni ortiqcha ovoragarchiliklardan asrash, birinchi instansiya, apellyatsiya hamda kassatsiya instansiyasi sudyalarining sud ishlarini ko‘rishda ularning maʼsuliyatini oshirish, ushbu instansiyalarni isloh qilish, kassatsiyaning uchinchi instansiya sudi сифатида belgilanishi natijasida sud qarorlarining qonuniyligi, asosligi va adolatligi bevosita undan norozi tomonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri bergan shikoyati asosida ko‘rilishiga erishish, sudlarda ishlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha bir-birini takrorlovchi instansiyalarni qisqartirishdan iborat.

  1. Qonunning mazmuni va mohiyati.

Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga кўра, ishlarni nazorat tartibida ko‘rish instansiyasi tugatildi.

surishtiruvchi, tergovchi, sud majlisi kotibi maʼlum bir ishda qatnashganidan so‘ng keyinchalik uni qayta ko‘rib chiqish uchun surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritishda takroran ishtirok etishi, shuningdek sud majlisi bayonnomasini yuritishi mumkin.

Endilikda sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va eʼlon қилинган ayblov bo‘yicha olib boriladi (ilgari haqiqatni aniqlash мақсадида – ayblanuvchi тариқасида ishda ishtirok etishga жалб qilinmagan boshqa shaxslarga nisbatan olib borilgan).

Sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha жиноий javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash endilikda sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga ko‘ra ham amalga oshiriladi (ilgari ushbu tartib faqat prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining iltimosnomasiga ko‘ra amalga oshirilgan).

Qonun rasmiy eʼlon қилинган kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Text to speech