O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Barchasini hamjihatlikda yengamiz”

Toshkent viloyati IIBB xuzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari tomonidan koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish hamda pandemiyaga qarshi kurashish doirasida “Barchasini hamjihatlikda yengamiz” shiori ostida xayriya tadbiri oʼtkazildi.

Tadbirda, viloyatning Yangiyul shahar va Yangiyoʼl tumanlarida yashovchi 50 dan ortiq ijtimoiy koʼmakka muhtoj, ehtiyojmand oilalar hamda boquvchisini yoʼqotgan qariyalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va sanitariya-gigienik vositalari yetkazib berildi.

Bu kabi xayriya tadbirlarini oʼtkazishning asosiy maqsadlari - barchamiz birgalikda harakat qilsak koronavirus pandemiyasini yengishimiz mumkinligini xalqimizga yetkazish ekanligi, buning uchun har bir oilaga karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishi zarurligi, aks holda karantin qoidalarini buzganlik uchun qoʼllaniladigan javobgarlik choralari haqida tushuntirildi.

Kelgusida shu kabi tadbirlarni Toshkent viloyatining barcha hududlarida oʼzkazib borish rejalashtirildi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech