Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yodimizdasiz, Siz bilan faxrlanamiz.

9 may – Ulugʼ vatan urushi qatnashchilarini, nafaqat bizning mamlakat balki butun dunyo uchun eng dahshatli va qoʼrqinchli urushda halok boʼlganlar va jarohat olganlarni xotirlash kuni hisoblanadi. Biz Ulugʼ vatan urushi qatnashchilarini faqatgina ushbu kunda eslashimiz kerak emas.

 

Ulugʼ vatan urishi qatnashchilarining mehnatlarini doim eslashimiz kerak. Urush qatnashchilarini asrashimiz, ular haqida qaygʼurishimiz gʼamxoʼrlik qilishimiz kerak axir bugungi kunda ularning soni juda ozchilikni tashkil qiladi. Eng asosiysi ular haqida faqatgina 9 mayda eslashimiz kerak emas. Qurbon boʼlganlarning qahramonligi abadiyga muhrlangan. Bizning baxtimiz uchun kurash qanchalik qiyin boʼlganligini doimo yodimizda saqlamogʼimiz shart.

Ulugʼ vatan urushi qatnashchilari Sizning erkinlikni qoʼlga kiritish qilgan qahramonligingiz, kuch-qudratingiz va metin irodangiz oldida boshimiz yerga tekkuncha taʼzim qilamiz. Biz bir umr Sizning oldingizdagi qarzimizni uza olmaymiz. Eslaymiz, urushning dahshatlaridan oʼtib uyiga sogʼ-salomat qaytganlarni, oʼzining bor kuchi bilan front ortida xizmat qilib, frontni uzluksiz taʼminlab turganlarni hamda urush bolaligini oʼgʼirlaganlarni albatta, yodimizdan chiqarishga haqqimiz yoʼq.

Ulugʼ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga bagʼishlab, Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi tizim boʼlinmalari “Yodimizdasiz, Siz bilan faxrlanamiz” nomli fleshmobni boshlaydi, biz munosib ajdodlarimizning munosib avlodlari boʼlamiz!

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech