Fahriylar hamisha e'tiborda
Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abdulxakov Yaxyojon Artikboevich boshchiligidagi mas'ul xodimlar tergov xizmatida uzoq yillar faoliyat ko‘rsatib, hozirda nafaqalik gashtini surayotgan faxriylarning yashash uylariga tashrif buyurib, ularni 14 yanvar' - “Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan tabriklab, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va Andijon viloyati IIB rahbariyatining samimiy tilaklarini yetkazdi.
Faxriylarga Ichki ishlar Vazirining maslahatchisi general-polkovnik Zokirjon Almatovning xizmat faoliyati yoritilgan “Bir umrlik jasorat” nomli kitob esdalik uchun topshirildi.
Faxriylarimiz xodimlarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirib, ko‘rsatilgan ehtirom uchun Ichki ishlar vazirligi va viloyat IIB boshqarma rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti