Qashqadaryoda “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!” shiori ostida bellashuv o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2019 yil 19 mart kuni “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor majlisida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘ining 2020 yil 8 yanvar' kunidagi “Viloyat Ichki ishlar organlarining yosh xodimlari o‘rtasida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilingan. Unga asosan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan 30 yoshdan oshmagan xodimlar ishtirokida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov natijalari bo‘yicha farxli birinchi o‘rinni Chiroqchi tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi kapitan Turdiboeva Gulmira Dilmurodovna egalladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti