O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan surishtiruvchi va tergovchilar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Joriy qilning 3 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan surishtiruvchi va tergovchilar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli tarzda o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra faxrli birinchi o‘rinni Nukus shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi podpolkovnik Orazbayeva Umida, ikkinchi o‘rinni Bo‘zatov tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tergovchisi kapitan Davlatov Nodirbek, uchinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi O‘MIB tergovchisi mayor Begmuratov Nurbek va Taxiatosh tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi katta tergovchisi kapitan Allamov Zafarlar egalladi.

Musobaqa g‘oliblariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining o‘rinbosari podpolkovnik A.Utemuratov tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech