Musoboqada Ichki ishlar vazirligi xodimlari birinchi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatidagi harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari o‘rtasida sportning arqon tortish, tosh ko‘tarish, “ARMRESTLING” turlari sport musoboqasi o‘tkazildi. Musoboqa viloyatning xotira maydonida tashkillashtirildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va Milliy gvardiyasining Andijon viloyatidagi harbiy bo‘linmalarida xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirok etishdi.
Bellashuv yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni Mudofaa vazirligi, ikkinchi o‘rinni Milliy gvardiyasining Andijon viloyat boshqarmasi qo‘lgan kiritishgan bo‘lsa, faxrli birinchi o‘rinni esa Ichki ishlar vazirligi sha'nini munosib himoya qilgan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritdi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, “ARMRESTLING” sport turi bo‘yicha bellashuvda sovrinli birinchi o‘rinni Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-son Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasi surishtiruvchisi leytenant Nishanov Muhammaddiyor Muhammadjon o‘g‘li qo‘lga kiritdi.
Musoboqa tashkilotchilari tomonidan g‘oliblarga diplom va sovg‘alar topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti