O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqandda sport musobaqalari davom etmoqda

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 26 avgustdagi “Ichki ishlar organlarining yosh xodimlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi va 2020 yil 20 fevralь kunidagi “Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʼlinmalarida sport musobaqalarini oʼtkazish toʼgʼrisida”gi hamda viloyat IIB boshligʼining 2020 yil 05 martdagi buyrugʼi talablari asosida shaxsiy tarkib oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish va xodimlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida Kadrlar boshqarmasi tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasining tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʼlinmalari xodimlari oʼrtasida sportning shaxmat-shashka hamda stol tennis turlari boʼyicha musobaqalar oʼtkazildi.
Musobaqani Kadrlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik J.Davronov ochib berdi va ishtirokchilarga omadlar tiladi.

Sportning shaxmat turi boʼyicha 18 nafar ishtirok etgan xodimlar orasidan 1-oʼrinni Samarqand shahri boʼyicha IIO FMB, 2-oʼrinni Kattaqoʼrgʼon tumani IIB, 3-oʼrinni Jomboy tumani IIB xodimlari qoʼlga kiritdi.

Sportning shashka turi boʼyicha 16 nafar ishtirok etgan xodimlar orasidan 1-oʼrinni Nurobod tumani IIB, 2-oʼrinni Pastdargʼom tumani IIB, 3-oʼrinni 7252-xarbiy qism xodimlari qoʼlga kiritdi.

Sportning stol tennis turi boʼyicha 26 nafar ishtirok etgan xodimlar orasidan 1-oʼrin Kadrlar boshqarmasi, 2-oʼrin Samarqand shahri boʼyicha IIO FMB, 3-oʼrin Tergov boshqarmasi xodimlariga nasib etdi.

Sportning mini futbol turi boʼyicha musobaqaga ertaga start beriladi unda 26 ta jamoa Oʼzbekiston Futbol federatsiyasining mini-futbol qoidalari asosida bellashadi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech