O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vazirligi tergov bo‘linmalari xodimlari Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan o‘quv-seminarida ishtirok etishdi

Joriy yil 23 noyabrdan 07 dekabr kuniga qadar Xitoy Xalq Respublikasida SHHTga aʼzo davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari malakasini oshirish, surishtiruv va dastlabki tergov sifatini yana-da yaxshilash maqsadida, “Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining narkotik vositalariga qarshi kurashish faoliyati”, “Xitoy Xalq Respublikasining giyohvandlik holati” va “Xitoy Xalq Respublikasi politsiyasining tuzilishi” mavzularida tashkil etilgan o‘quv-seminarida ishtirok etishdi.

Mazkur seminar o‘quv mashg‘ulotlarida Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligiga qarashli Shenyan provinsiyasida joylashgan politsiya universitetida bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida Xitoy Xalq Respublikasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora tadbirlarga yondashuvi, uning kriminalogik asoslari bo‘yicha hamda tegishli ekspertizalarni tayinlash va ashyoviy dalillarni yo‘q qilish bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida mavzu doirasida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni rivojlantirish bilan birga narkotik va boshqa kimyoviy vositalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishning muhim jihatlari haqida maʼlumotlar taqdim etildi.

Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi

mayor E.A. Axmadaliyev

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech