O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xorijiy davlatlar bilan tajriba almashuvi

2018 yilning 26-30 mart kunlari Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi ekspert-kriminalistik laboratoriyasini qo'llab quvvatlash chora-tadbirlari rejasiga muvofiq vazirlik Ekspert-kriminalistika Bosh markazi xodimlari, Sog'liqni saqlash vazirligi, Adliya vaziriligi, UNODSning O'zbekiston Respublikasidagi vakili, Tergov departamentiga YuNISYeFning Mintaqaviy maslahatchisi janob Aaron Grinberg boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

2018 yilning 26-30 mart kunlari Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi ekspert-kriminalistik laboratoriyasini qo'llab quvvatlash chora-tadbirlari rejasiga muvofiq vazirlik Ekspert-kriminalistika Bosh markazi xodimlari, Sog'liqni saqlash vazirligi, Adliya vaziriligi, UNODSning O'zbekiston Respublikasidagi vakili, Tergov departamentiga YuNISYeFning Mintaqaviy maslahatchisi janob Aaron Grinberg boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillarini Tergov departamenti boshqarma boshlig'i B.Berdialiev qabul qildi. Boshqarma boshlig'i B.Berdialiev, YuNISYeFning O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan mamlakatimizda bola huquqlarini ta'minlash, ularning asosiy ehtiyojlarini qanoatlantirish, ko'mak berish hamda bolalarga o'z salohiyatlarini to'liq namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish borasida respublika va mintaqaviy dasturlar doirasida hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarda o'z aksini topayotganligini ta'kidlab o'tdi. Aynan YuNISYeFning O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida so'roq jarayonini stenografiya qilish, videokuzatuv, shuningdek tergov harakatlarini audio va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xona tashkil etilganligiga alohida to'xtatilib o'tdi. Aytish joizki, bu kabi maxsus xonalarning tashkil etilishi, fuqarolarning, xususan voyaga yetmagan jabrlanuvchi va guvohlarning huquq va erkinliklarini sudga qadar ish yurituvda himoya qilishni kuchaytiradi, og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish samaradorligini oshiradi. «Biz sudga qadar ish yurituv bosqichida tergov harakatlarida ishtirok etayotgan voyaga yetmaganlar o'zlarini yo'qotib qo'yishlari yoki ruhan qiynalishlariga yo'l qo'ya olmaymiz», – dedi boshqarma boshlig'i B.Berdialiev. «Mazkur maxsus xona jahon standartlariga to'la javob beradi va voyaga etmaganlarning huquqlarini sudga qadar ish yuritish bosqichida to'la ta'minlash imkoniyatini yaratadi», – dedi YuNISYeFning Mintaqaviy maslahatchisi Aaron Grinberg.

«Bu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun YuNISYeF Ichki ishlar vazirligi bilan kelgusida hamkorlik qilishga tayyor», – deya qo'shimcha qildi Aaron Grinberg. Konstruktiv ruhda o'tgan uchrashuvda bundan keyin ham Ichki ishlar vazirligi va YuNISYeF voyaga yetmagan jabrlanuvchi va guvohlarning huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash, respublikaning boshqa mintaqalarida ham shunday maxsus xonalar tashkil etish, xodimlarni o'qitish, bir guruh tergovchi va surishtiruvchilarni xorijiy davlatlarga yuborish asosida tajriba almashish borasida hamkorlikni davom ettirish borasida kelishib olindi. Tashrif davomida delegatsiya a'zolari Tergov departamentida tashkil etilgan maxsus xona bilan yaqindan tanishishdi.

Tergov departamenti

Text to speech