O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamenti xodimlari Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan o‘quv kurslarida o‘z malakalarini oshirishmoqda

Joriy yilning 10-14 iyul kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida «Kimyoviy vositalarning noqonuniy aylanmasi» mavzusida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar ustidan nazorat bo‘yicha xalqaro qo‘mitasi, AQSH davlat departamentining Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xalqaro akademiyasi Budapesht filiali tomonidan o‘quv kurslari tashkillashtirilgan.

Ushbu o‘quv kurslarida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Albaniya va Vengriya davlatlarining 40 nafardan ortiq vakillari, shu jumladan Ichki ishlar vazirligi mutaxassis xodimlari ham ishtirok etishmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida mavzu doirasida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni rivojlantirish bilan birga narkotik va boshqa kimyoviy vositalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishning muhim jihatlari haqida maʼlumotlar taqdim etilmoqda.

Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi

mayor E.A. Axmadaliyev

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech