O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Soxta “Mustaqil Mardikorlar tashkiloti” rahbari endilikda qonun oldida javob beradi

 

Toshkent shahri. 2011 yilda 59 yoshli X.B., N.D., F.T. va boshqa shaxslar jinoiy rejaga asosan, Respublikamizda fuqarolarga o‘zini go‘yoki “Mustaqil Mardikorlar tashkiloti” raisi va aʼzosi deb tanishtirib, Qozog‘iston Respublikasida 650-1000 AQSH dollari miqdorida maosh berish sharti bilan qurilish ishini taklif qilib, ularni oziq-ovqat hamda turar joy bilan taʼminlashlikni vaʼda qilib, aldangan shaxslarni fuqarolik pasportlarini olib qo‘yib, Qozog‘iston Respublikasi Shimkent shahridagi qurilish obyektlarida majburan, erkiga qarshi, xizmatiga haq to‘lamagan holda ishlatib, ularni ekspluatatsiya qilib kelganliklari aniqlangan. Bundan tashqari, 2013 yilning oktyabr oyining o‘rtalariga qadar uyushgan guruhning boshqa nomaʼlum aʼzolari tomonidan muttasil ravishda majburan ishlatib, vaʼda qilingan oylik maoshini to‘lamasdan, ularning mehnatidan foydalanishgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2014 yilda uyushgan guruhning aʼzolari N.D. va F.T.,larga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi “G” bandi bilan tergov harakatlari olib borilib, sudning hukmiga ko‘ra, N.D.ga 9 yil, F.T.ga esa 10 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Biroq, X.B., va boshqa shaxslar tergovdan yashiringanligi uchun jinoyat ishi alohida ish yurituvga ajratilib, ularga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi “G” bandi bilan sirtdan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanib, qidiruv eʼlon qilingan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasiga ko‘ra, X.B., Qozog‘iston Respublikasida ekanligi aniqlanib, Qozog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan ushlangan hamda 2020 yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinib, IIV JIEBBga qarashli 1-sonli tergov xibsxonasiga joylashtirilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari to‘liq olib borilib, X.B.,ga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi “G” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, tanlangan ehtiyot chorasi o‘zgartirilmagan hamda jinoyat ishi materiallari tegishli tartibda sud idorasiga yuborilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech