O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

«Straus House» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari yakunladi.

Jinoyat ishi 2019 yil 25 sentyabr' kuni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Straus House” MChJ ta'sischisi I.R.Isroilov va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, “Straus House” MChJ mansabdor shaxslari Respublikaning barcha viloyatlarida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslarga Janubiy Afrika Respublikasidan har birining narxi 1.800.000 so‘mdan, 90 kun muddat ichida “ostrich” (qora bo‘yin) zotli tuyaqush jo‘jalarini yetkazib berish yuzasidan oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishgan.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, jami 16.1 mlrd. so‘m (shu jumladan 3,8 mlrd. so‘m fuqarolarning kredit mablag‘lari hisobidan) miqdorida to‘lovlarni jamiyatning bankdagi hisob raqami orqali qabul qilib, belgilangan muddatda jami 319 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga tuyaqush jo‘jalarini yetkazib bermasdan 7.2 mlrd so‘m pul mablag‘larini o‘zlarining ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.

543,8 mln. so‘m miqdoridagi pullar tuyaqush ozuqasi sotib olish uchun; 
5,6 mlrd. so‘m miqdoridagi pullar moliyaviy qarzlar uchun; 
5,2 mlrd. so‘m miqdoridagi pullar tuyaqush jo‘jalari uchun; 
299,9 mln. so‘m miqdoridagi pullar jamiyat faoliyatini ommaviy axborot vositalarida reklama qilish uchun; 
296,1 mln. so‘m miqdoridagi pullar jamiyatga avtomashina sotib olish uchun (2 dona “Jentra” 1 dona “Spark” rusumli avtomashinalar); 
302,5 mln. so‘m miqdoridagi pullar jamiyatning korporativ plastik kartasini to‘ldirish uchun; 
226,5. mln so‘m miqdoridagi pullar xizmat safarlari harajatlari uchun sarflangan.
Bundan tashqari, Isroilov tomonidan moliyaviy yordam ko‘rinishida olingan o‘zining shaxsiy plastik kartochkasiga ko‘chirib olgan 3.7 mlrd. so‘m miqdoridagi pul mablag‘laridan 745 mln. so‘m qismi ilgari sodir qilgan firibgarlik jinoyati bo‘yicha moddiy zararni qoplash uchun, qolgan pullar evaziga onasi nomiga “Lasetti” rusumli, tog‘asi nomiga 1 dona “Malibu 2” rusumli, 1 dona “Lasetti” rusumli avtomashinalar sotib olish, o‘zi yashab turgan uyini qayta ta'mirlash, o‘zi yashab turgan mahallada 700 metr yo‘lga asfal't yotqizish, oilaviy Turkiya, Tayland davlatida dam olish hamda “Umra” safarlariga borish uchun sarflanganligi aniqlandi.

Hozirda 200.000 AQSh dollar pul mablag‘lari Pokiston Islom Respublikasidan qaytarib olinib, Tergov departamentining hisob raqamiga o‘tkazilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, ayblov xulosasini tasdiqlash va tegishli sudda ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech