Yunusobod tumanidagi shovshuvga sabab bo‘lgan YTH bo‘yicha sud majlisi yakunlandi
Oliy sud matbuot xizmati xabar berishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi, shovshuvga sabab bo‘lgan YTH sababchisi L. Tolmachyovaga xukm o‘qidi.
Jinoyat ishi hujjatlariga ko‘ra, L.Tolmachova 04 iyun' 2019 yil soat 18:26 da boshqaruvidagi "Nexia-3" rusumli transport vositasini Yunusobod tumani 11-mavze 5-7 uylar oralig‘idagi transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan dahalararo yo‘lda harakatlanayotganida, transport vositasini o‘ng tomonga burib, avtomashinalar va piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lga o‘tgan. Bu yerda esa 2007 y.t. G.A., Ya.S., va 2006 y.t. F.R.larni yo‘l yoqasida turishganligini ko‘rgan. Birdaniga yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, harakatlanishni davom ettirib, voyaga yetmagan G.A., I.S. va Ya.S.,larni bosib ketgan.
Buning oqibatida voyaga yetmagan G.A. olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan, Ya.S. sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelmagan "engil", I.S., "o‘rtacha og‘ir"likdagi tan jarohatlari olganlar.
Sud jarayonida, sudlanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi va ularning qonuniny vakillarini ko‘rsatuvlari eshitilib, to‘plangan dalillar va sudlanuvchining himoya nutqi tinglandi. Sud jinoyat ishi hujjatlarini har tomonlama to‘liq tekshirib, 2020 yil 18 may kunidagi hukmga ko‘ra, L.Tolmachyovani O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan aybdor deb topib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, 3 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etgan. Aybdor L.Tolmachyova ozodlikdan mahrum qilish jarosini manzil kaloniyasida o‘tashi ,jazo muddati 2019 yil 06 iyun' oyidan boshlab hisoblanishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti