O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

-Buvimnikida yashirsam, hech kim bilmaydi...

Namangan viloyati. 2022 yil 09 mart kuni Namangan shahar S.Adashev ko‘chasida yashovchi 33 yoshli H.Z. shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 08 mart kuni soat 20:30 larda ishonchnoma asosida o‘zi boshqarib yurgan “Tiko” rusumli avtomashinasini qo‘shnisining uyi oldida qoldirib, o‘zi yashash uyiga kirib ketganligini, ertasi kuni ertalab soat 06:00 larda ko‘chaga chiqib qaraganda, avtomashinasini nomaʼlum shaxs olib qochib ketganligini maʼlum qilib, avtomashinasini topishda yordam berishlarini va aybdor shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Zudlik bilan hodisa sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi chiqib, voqea joyi ko‘zdan kechirilib, yaqin orada joylashgan “Mirxakimboy” jome masjidi binosiga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi xotirasidagi videoyozuvlar tekshirilganida, ushbu jinoyatni Namangan shahar A.To‘qayev ko‘chasida yashovchi 24 yoshli L.A. sodir etganligi aniqlanib, L.A. ushlangan.

Qonunbuzardan u tomonidan olib qochilgan avtomashina qayerda ekanligi so‘ralganda, u ushbu avtomashinani Davlatobod tumani Sharq go‘zali ko‘chasida yashovchi buvisining yashash hovlisiga olib borib qo‘yganligi bildirgan. Avtomashina ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi L.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibida ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech