-Puling yo‘q bo‘lsa velosipedingni ber!
Toshkent shahar. Joriy yilning 9-dekabr kuni soat 13:30 larda 30 yoshli S.S. tanishi 44 yoshli N.A. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Sergeli-2 dahasi hududida bo‘la turib, ushbu hududdan o‘zlariga tanish bo‘lgan 37 yoshli Sh.G., ni o‘zining velosipedida uyiga harakatlanib ketayotganligini ko‘rib, uni to‘xtatib, yonida bo‘lgan pullarini berishni talab qilishgan, biroq Sh.G.,ning yonida pullar yo‘qligiga amin bo‘lishib, quruq qo‘l bilan ketishni istamasdan, Sh.G.,ning qarshiligiga qaramasdan bahosi 800.000 so‘mlik velosipedini tortib olib, hodisa joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.S. va N.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.A.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzda ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda velosipedni o‘zi bilan olib ketgan S.S.,ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.
Tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti