-Pullarni poliklinika oldida olaman
Surxondaryo viloyati. 2021 yil 04 dekabr kuni soat 11:50 da viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir jarayonida, 33 yoshli Sh.J. o‘ziga tegishli qo‘l telefonida mavjud 2015 yildan buyon yaqin munosabatda bo‘lib yurgan ayoli 35 yoshli I.X., ning shaxsiy hayotiga oid fotosuratlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, maʼlumotlarni tarqatmaslik evaziga 5.800.000 so‘m pul berishini talab qilib, talab qilingan pullardan 5.000.000 so‘m pullarni Denov tumani “Surnaytepa” mahallasida joylashgan oilaviy poliklinikasida I.X., dan olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan voqea joyida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.J.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti