-Traktorim yurib ketsa pullarini berib yuboraman...
Qashqadaryo viloyati. Joriy yilning 1 mart kuni Mirishkor tumani “Oqmachit” mahallasida yashovchi 32 yoshli T.J. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yilning iyun oyida Mirishkor tuman “Zafar” mahallasida yashovchi tanishi 41 yoshli G‘.G‘. “Yangi Mirishkor” mahallasida joylashgan savdo do‘koniga kelib, traktor ehtiyot qismlari sotib olmoqchiligini, pullarini esa 10 kun muddatda to‘liq to‘lab berishini aytib, dastlab olgan 5.250.000 so‘mlik ehtiyot qismlari uchun 500.000 so‘m pullarini bergan holda uning ishonchiga kirib, keyingi kunlarda undan jami 40.810.000 so‘mlik traktor ehtiyot qismlarini firibgarlik yo‘li bilan olib ketib, bugunga qadar ehtiyot qismlar uchun pullarni bermayotganligini bildirib, G‘.G‘.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va yetkazilgan zararni qoplanishida amaliy yordam berishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan G‘.G‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni firibgarlarni qo‘liga berib quymang, ogoh bo‘ling!
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti