O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jabrlanuvchi uygʼonib ketgan boʼlsada, talonchilar oʼz oʼljalarini tashlab ketishmadi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 05 aprelь kunidan 06 aprelь kuniga oʼtar kechasi soat 02:00 larda nomaʼlum shaxslar Boʼstonliq tumani Chimgan qishlogʼida yashovchi 38 yoshli Muzaffar J.,ning xonadoniga devordan oshish yoʼli orqali gʼayriqonuniy ravishda kirib, xonadonning yotoqxonasida turgan narxi 1 700 000 soʼmlik “Mi-7” rusumli telefon apparati va 2 200 АQSh dollar pul mablagʼlarini olgan vaqtlarida, Muzaffar J., uyqudan uygʼonib qolishi natijasida uning mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Boʼstonliq tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi (Talonchilik, yaʼni uy-joyga gʼayriqonuniy ravishda kirib oʼzganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Tergov-tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 24 yoshli Oybek E., 26 yoshli Nurlan N., 25 yoshli Daulet K., 27 yoshli Аkbar K., lar sodir etganliklari, ulardan Аkbar K., muqaddam oʼgʼrilik, bosqinchilik jinoyatlari uchun bir necha marotaba sudlanganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech