14 yoshli bola “Damas”ni olib qochmoqchi bo‘ldi
Toshkent shahar. 2021-yil 29-noyabr kuni tungi soat 03:30 larda Uchtepa tumani 13-mavze 8-uy oldida bo‘lgan nomaʼlum shaxs, 40 yoshli R.O., ga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinani qarovsiz hamda kaliti o‘t oldirish joyida qoldirilganligidan foydalanib, haydovchining old eshigini, temir lineyka yordamida ochib, avtoulovni o‘t oldirib, ortga 5 metr haydagan vaqtida ushbu shovqin-surondan uyg‘onib qolgan avtomashina egasi ko‘chaga shoshilib chiqib, avtomashina o‘chib qolganligidan foydalanib, qonunbuzarni ushlab, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xabar bergan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinani olib qochishga uringan shaxs Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi voyaga yetmagan 14 yoshli T.J. ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinani kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang. Ogohlik – davr talabi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti