17 yoshli bezori endilikda qonun oldida javob beradi
Toshkent shahri. 2020 yil 12 oktyabr kuni soat 22.00 da 17 yoshli O.D., Bektemir tumanida joylashgan Qoʼyliq dehqon bozori hududida boʼla turib, jamoat joyida boʼlishiga qaramasdan, shu yerda boʼlgan fuqaro 27 yoshli Sh.K. bilan avtomashinaning avtoturargohda boʼlishi uchun patta masalasida vujudga kelgan janjal oqibatida tortishuv vujudga kelib, O.D. nojoʼya soʼzlar bilan haqorat qilib, oʼng qoʼlini mushtiga kiyilgan temirdan ishlangan «kastet» predmeti bilan bir marotaba Sh.K.,ning jagʼiga urib, tan jarohati yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga koʼra Sh.K.,da “pastki jagʼ chap tomon qayirish burchagidan 5 va 6 tishlar oraligʼida jagʼ suyagini sinib siljishlari” “pastki jagʼ oʼng va chap tomon qontalashlari” jarohatlari aniqlanib, ogʼirlik jihatidan «OʼRTАChА» ogʼir jarohatlari guruhiga kirishi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan joriy yilning 24 oktyabr kuni O.D.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a,v» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentmi