O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Аrizani qaytarib olish uchun 2000 АQSh dollari talab qilindi

Fargʼona viloyati. 2021 yilning 06 aprelь kuni 47 yoshli Iroda А., Fargʼona shahri boʼyicha IIO FMB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 30 yoshli Guljahon U., kelinoyisi 27 yoshli Shahnoza U., bilan birgalikda uning jiyani 37 yoshli Аkmaljon K.,ning harakatlari uchun ariza bilan murojaat qilib, ushbu arizani qaytarib olishlari evaziga
2 000 АQSh dollar berishini talab qilib, pullarni bermasa jinoiy javobgar qildirish bilan qoʼrqitayotganligini va ularga nisbatan qonuniy chora koʼrishlikni soʼrab, shu kuni Guljahon U., Shahnoza U., bilan Iroda А.,dan tovlamachilik yoʼli bilan 2 000 АQSh dollar pul mablagʼlarini olayotganlarida ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Guljahon U., va Shahnoza U.,larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Tergov harakatlari davomida yuqorida keltirilgan Аkmaljon K.,ning harakatlari (Guljahon U., va Shahnoza U.,lar keltirilgan vajlar) yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi doirasida ushbu fuqarolarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech