O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

214 mln. so'm jamiyat direktorini "ko‘zini ko‘r qilib qo‘ydi"

Toshkent shahri. 2019 yilning fevral oyidan may oyiga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida 48 yoshli I.KMCHJ direktori va taʼsischisi sifatida imzo qo‘yish, kreditlarni taqsimlash huquqiga ega bo‘la turib, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, B.M. va Sh.A., larni ishonchiga kirib, qiymati 214.000.000 so‘mlik xom-ashyo mahsulotini qabul qilib olib, uni qayta ishlab chiqarib, pulini berishini vaʼda qilib, bergan vaʼdasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.

Bundan tashqari, I.K. o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirib, MCHJning direktori bo‘la turib, ushbu jamiyat moliyaviy va buxgalterlik hujjatlari hamda shtamp-muhrlarini g‘arazli boshqa past niyatlarda qasddan bekitgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirg‘ali tumani bo‘yicha IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli tartibda hujjatli taftish tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech