O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yaylov talashgan hamqishloqlar

Toshkent viloyati. 2020 yilning 06 avgust kuni soat taxminan 18:30 da Bo‘ka tumani “Kamolot” fermer xo‘jaligi dala maydonida 31 yoshli Z.E., hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish maqsadida qo‘shnisi, 33 yoshli D.Y., bilan qoramollarini boqish uchun yaylov talashganligi sababli kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, qo‘lida bo‘lgan o‘tkir o‘roqning tig‘ qismi bilan, D.Y., ning chap tomon qorin bo‘shlig‘iga bir marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada D.Y. tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotkizilgan.

Hodisa joyi tezkor tergov guruhi tomnoidan ko‘zdan kechirilib, jinoyat quroli sifatida foydalanilgan “o‘roq” ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Z.E. jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb etilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech