
Toshkent viloyatida erkak kishi traktorni olib qochdi
Toshkent viloyati. 2025-yil 20-mart kuni, 25-yoshli S.E., O‘rtachirchiq tumani, Yoqut ko‘chasida bo‘la turib, “XA” MChJga tegishli bo‘lgan, “DEUTZ FAHR SH 504” rusumli traktorini jamiyat tashqarisida turgan vaqtida, ushbu traktor sotuvichisi fuqaro Z.I. bilan muloqotga kirishganligi, so‘ngra traktor eshiklari ochiq xolatda turganligidan foydalanib, transport vositasini olib qochib, noma’lum tomonga boshqarib ketgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida transport vositasi O‘rtachirchiq tumani yo‘l yuzida tipilgan. Bundan tashqari, tergov jarayonida aniqlanishicha fuqaro S.E. jinoyat sodir etishdan bir necha kun oldin “XA” MChJ xududiga kelib, traktor sotib olish niyati borligini aytgan ammo, rad javobini olganligi sababli ushbu jinoyatni rejalashtirib sodir etgan.
Mazkur xolat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 25-yoshli S.E.ga nisbatdan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xozirgi kunda, jinoyat ishi bo‘yicha barcha zaruriy ekspertizalar, jumladan, fuqaro S.E.ni ruxiy xolatini aniqlashga qaratilgan sudga oid-psixiatriya ekspertiza tayinlangan.
Dastlabki tergov davom etmoqda.
Tergov departamenti