O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Savdo doʼkoni uchun 341.921.550 sum

Surxondaryo. Termiz shahrida yashovchi 46 yoshli Ch.S., fuqaro 2018 yilda 54 yoshli D.S. (ayol), ga Termiz shahrida yangi qurilayotgan besh qavatli uy-joyning 1-qavatidagi savdo doʼkonini sotishni vaʼda qilib, undan 341.921.550 soʼm miqdoridagi pullarni olib, hozirgi kunga qadar savdo doʼkonini D.S.,ning nomiga rasmiylashtirib bermasdan aldab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan, hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech