3 bosh otlarning puli tergov jarayonida undirib berildi, tomonlar yarashtirildi
Farg‘ona. 2020 yil fevral oyida fuqaro 24 yoshli Sh.S. fuqaro D.B., bilan 3 bosh otlarini jami 21.000.000 so‘mga sotib olishga hamda kelishilgan pullarni 10 kunda to‘lab berishini va'da qilib, 3 bosh otni olib ketib, otlarni boshqa fuqaroga sotib yuborib, pullarini o‘z shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan 19.09.2020 yilda Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida gumonlanuvchi Sh.S., tomonidan jabrlanuvchi D.B.,ga yetkazilgan 21.000.000 so‘m miqdoridagi moddiy zarar to‘liq qoplangan.
Jinoyat ishi 15.10.2020 yilda tomonlarning yarashganligi munosabati bilan JPKning 584-moddasi tartibida yarashuv qarori asosida tuman prokuraturasiga yuborilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti