4 dona gugurt quti atigi 1 mln 300 ming so‘mga sotildi
Samarqand viloyati. 2021 yilning 02 fevral kuni soat 18:20 larda IIB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanmasini oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro 23 yoshli Ozod T., tadbirda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 1.300.000 so‘m evaziga 4 dona “JOLIN Safety maches” yozuvli, oq rangi gugurt qutiga qadoqlangan holatda ko‘p miqdorda yashil rangli, o‘tkir hidli, o‘tsimon moddasini sotgan vaqtida ushlanib, o‘simlik moddalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Ozod T.,dan olingan o‘simlik moddalari tarkibida faol giyohvand modda, tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, “marixuana” deb ataladi, ushbu “marixuana”ning og‘irligi 10.02 grammga teng.
Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ozod T.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib bo‘lib unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti