O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

400 minglik ko‘k rangli rezina qopcha

Toshkent shahri. 2022 yil 31 yanvar kuni soat 18:00larda Toshkent shahar IIBB hamda Yakkasaroy tuman IIO FMB Jinoyat qidiruv xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida joylashgan «Drujba Burger» kafesi oldida 27 yoshli A.O. shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 400.000 so‘m evaziga ko‘k rangli rezina qopchada bo‘lgan polimer paketchadagi o‘ziga xos hidli, kristall-ko‘kimtirsimon moddasini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ko‘k rangli rezina qopchadagi polimer paketchada bo‘lgan o‘ziga xos hidli, kristall-ko‘kimtirsimon moddaning tarkibida alfa-pirroliddinovalerofenon (a PVP) moddasi mavjudligi aniqlanib, uning sof og‘irligi 0,27 grammga teng ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.O.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov-tezkor harakatlari jarayonida ushbu giyohvand moddaning kelib chiqishi sabablari o‘rganilganda, gumonlanuvchi mazkur giyohvand moddani internet saytlaridan xarid qilib, uni Telegram messendjeri orqali tanishgan mijozga 400.000 so‘m evaziga sotmoqchi bo‘lganligi aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Muallif: Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi

tergov bo‘limi tergovchisi kapitan M.M.Alimova

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech