O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

52 yoshli “kissavur” IIB xodimlari tomonidan ushlandi

Toshkent shahri. 2021 yilning 02 may kuni soat 12:00 larda 52 yoshli U.Xabibullo Chilonzor tumanida joylashgan Chinni bozori oldidagi avtobus bekatida O‘rikzor-Sergeli yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi 59-sonli avtobusga chiqib, avtobus ichida bo‘lgan 30 yoshli J.Ilhomni ustki kiyimi cho‘ntagidan 2 944 000 so‘m pullarini kissavurlik yo‘li bilan yashirin ravishda o‘g‘irlab hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan U.Xabibulloga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida U.Xabibullo muqaddam o‘g‘rilik jinoyati bilan uch marotaba sudlanganligi aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.   

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech