60 yoshli otaxonga nisbatan talonchilik sodir etgan shaxs qonundan qochib qutulolmadi
Toshkent viloyati. 2022 yil 28 mart kuni Parkent tumani Nevich maxallasida yashovchi 60 yoshli g.B. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 25 mart kuni soat 21:00larda O‘rtachirchiq tumani Mayramko‘l mahallasi hududida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasidagi qorovulxona ichiga nomaʼlum shaxs bostirib kirib, kuli bilan yuziga urib, unga tegishli bo‘lgan 400.000 so‘m naqd pullari va 1 dona narxi 200.000 so‘mlik “Nokia” rusumli qo‘l telefonini ochiqdan-ochiq egallab, hodisa sodir bo‘lgan joydan nomaʼlum tomonga yashringanligini bayon qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida mazkur jinoyatni Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 28 yoshli K.Q. sodir qilganligi aniqlanib, undan talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan 1 dona “Nokia” rusumli qo‘l telefoni ashyoviy daliliy tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 3-qismi “B” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Muallif: Angren shahar IIB huzuridagi
Tergov bo‘limi tergovchisi kapitan A.Avalbekov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti