O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

600 ming so‘mlik giyohvand vosita deb ikki fuqaro 7 yildan 10 yilgacha umrini “temir panjara” ortida o‘tkazishi mumkin

2020 yilning 17 noyabr kuni soat 23:00 da Nurobod tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Nurobod tumani “Tegirmonboshi” mahallasida fuqarolar 33 yoshli Xurshid X., va 50 yoshli Xusniddin N, lar tadbirga xaridor sifatida jalb etilgan fuqaroga 2 dona “spichki” yozuvli gugurt qutining ichida bo‘lgan “marixuanna” giyohvandlik vositasini 600.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlanib, shaxsiy tintuv qilinganlarida Xurshid X.,ning cho‘ntagidan tadbir davomida ishlatilgan 150.000 so‘m pullar hamda Xusniddin N.,ning cho‘ntagidan 400.000 so‘m pullar aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Sud-kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, tadbir davomida Xurshid X., va Xusniddin N.,lardan hujjatlashtirilib olingan yashil rangli, quruq holdagi o‘simlik moddalari tarkibida faol giyohvand modda-tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bu o‘simlik moddalari “marixuanna” giyohvandlik vositasi turiga kirishligi, uning sof vazni 3.64  grammga teng ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Nurobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi "B" bandi (Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan Xurshid X., va Xusniddin N.,larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Xurshid X., va Xusniddin N.,lar ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech