O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

6 nafar talonchilar ushlandi qizig‘i ulardan ikkisi ayol

Samarqand. 2020 yilning 25 noyabr kuni soat 16:30 da 37 yoshli Shaxnoza R., (ayol) 34 yoshli Halimova Dilshoda (ayol)lar o‘zlarining 4 nafar nomaʼlum sheriklari bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Samarqand tuman Yangiariq mahallasida joylashgan oshxonaning orqa tomonida, 34 yoshli Najmiddin H.,ning egnida bo‘lgan shimini chap old cho‘ntagidan bir dona “Nokia” rusumli va bir dona “Novey” rusumli qo‘l telefon apparatlari hamda o‘ng orqa cho‘ntagidan 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini ochiqdan ochiq talon-toroj qilib hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida, mazkur talonchilik jinoyatini fuqarolar 38 yoshli O‘lmas Dj.,, 41 yoshli Sanjar N., 21 yoshli Sultonbek X., 31 yoshli Abdullo N., 37 yoshli Shaxnoza R., (ayol) 34 yoshli Halimova Dilshoda (ayol), lar sodir etganligi aniqlandi va ulardan 1000 AQSH dollari, bir dona “Nokia” rusumli va bir dona “Novey” rusumli qo‘l telefon apparatlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarkand tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, holat bo‘yicha so‘roq qilinganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech