O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

73 yoshli onaxonning ojizligidan foydalangan yigitcha

Toshkent shahar. Joriy yilning 17-fevral kuni soat 12:30 larda nomaʼlum shaxs o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Yashnobod tumani Aviasozlar 1-dahasida joylashgan uylarning birida, ikkinchi va uchinchi qavatlar zinapoyasi yo‘lagida turib olib, ushbu zinapoyadan, o‘zini uyixonadoniga kirish uchun ko‘tarilayotgan 73 yoshli V.P.ni to‘xtatib, unga kuch ishlatishi bilan qo‘rqitib, qo‘lida bo‘lgan sumkasini talonchilik yo‘li bilan tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi 18 yoshli K.Sh. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan K.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan talonchilikka qo‘l urganligi aniqlanmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech