Qimorxona tashkil etgan shaxs qoʼlga olindi
Yozyovon tumani. 25 mart kuni Yozyovon tumani IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida Sarimsoqov koʼchasida yashovchi Gʼ.X. yashash xonadonida O.B., Sh.I. va boshqalarni qimor oʼynashlari uchun sharoit yaratib bergani aniqlanib, ulardan 217 000 soʼm pul va 29 dona oʼyin kartasi daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Gʼ.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, Gʼ.X.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllaniladi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksining 278-moddasi(qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʼyinlarni tashkil etish hamda oʼtkazish)da koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati