Bino sotib olishini aytib, aldov yoʼli bilan 1.6 mlrd. pullarni qoʼlga kiritdi
Namangan. 2018 yilning sentyabrь oyida 50 yoshli M.U., Namangan shahrida yashovchi 25 yoshli F.N., ga Namangan shahrida tibbiyot diagnostika markazi ochish niyati borligini, buning uchun F.N.,ga tegishli boʼlgan “Gʼirvonsoy” koʼchasida joylashgan 4 qavatli qurilishi tugallanmagan binoni sotib olmoqchi ekanligini, pullarni bankdan kredit olish yoʼli bilan toʼlashini hamda shu bino yertoʼlasida dorixona ochib, dori-darmon sotish bilan shugʼullanish uchun F.N.,ning oʼziga berishini aytib, binoni 2,5 mlrd. soʼmga sotib olishga kelishib, F,N.,ning ishonchiga kirib, uni aldab, bankdan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, kredit uchun ajratilgan 2 mlrd. 500 mln., soʼm pullarni bankda fuqaro F.N.,ning nomiga ochilgan plastik kartochkasi hisobiga tushurishga erishib, ushbu kartadan 900 mln., soʼm pullarni naqdlashtirib, F.N.,ga berib, qolgan 1,6 mlrd. soʼm pul mablagʼlarini naqdlashtirib, oʼzining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.U.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, M.U., jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti