Jabrlanuvchining uddaburonligi sabab bosqinchilar IIB xodimlari qo‘lida qutila olmadi
Farg‘ona. 2020 yilning 19 noyabr kuni 18:30 da fuqarolar 33 yoshli Sardor M., va uning jinoiy sherigi 32 yoshli Ilxom X., lar fuqaro Muxammadjon K.,ning boshqaruvida bo‘lgan “Nexia-2” rusumli avtomashinani to‘xtatib, avtomashinaga yo‘lovchi sifatida chiqib, Qo‘qon shahri hududida maqsadsiz aylanib yurgan vaqtida o‘zlarining jinoiy rejalarini amalga oshirish maqsadida, Sardor M., yonidagi o‘tkir tig‘li jismni fuqaro Muxammadjon K.,ga ko‘rsatib, uni ko‘rqitib, bir dona bahosi 3.000.000 so‘mlik “Samsung A10S” rusumli telefon apparati va 30.000 so‘m naqd pullarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullar evaziga spirtli ichimlik xarid qilish uchun do‘konga tushganlar.
Bundan foylangan Muhammadjon K., o‘zining ikkinchi telefoni orqali otasiga qo‘ng‘iroq qilib, holat haqida aytganidan so‘ng, uning otasi IIBning “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘liga nisbatan sodir etilayotgan bosqinchilik haqida bergan xabariga asosan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan Ilxom X., va Sardor M.,lar ushlanib, fuqaro Ilxom X.,dan bir dona o‘tkir tig‘li jism ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro Sardor M., hamda fuqaro Ilxom X.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, Sardor M., va Ilxom X.,lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti