O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Advokat” ning o‘ziga advokat kerak ekan

Sirdaryo viloyati. 2021 yilning 14 yanvar kuni 37 yoshli Sanjar O., Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha 32 yoshli Xushvaqt D.,ga o‘zini himoyachi deb tanishtirib, “tergov davrida huquqlaringni himoya qilaman, aybsiz qilib olib chiqib ketaman” deb vaʼda berib, Guliston shahri “Taraqqiyot” mahallasi hududida joylashgan avto vokzalda jami 5.000 AQSH dollar pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmagan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Sanjar O., ning advokatlik litsenziyasi yo‘qligi, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud protsessi jarayoni bo‘layotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sanjar O.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik)ning tegishli qism va bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hurmatli fuqarolar, mulkingiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda.

 

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

kapitan E.A.Axmadaliyev

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departament

Text to speech