O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Spirtli ichimliklar taʼsirida sodir etilgan jinoyat

Namangan viloyati. 2022 yil 06 noyabr kuni soat 21:30 larda Uychi tumanda yashovchi 37 yoshli T.B. tanishlari 36 yoshli Q.A., A.M. va D.N.lar bilan birga Uychi tuman Sho‘rqishloq ko‘chasida joylashgan N.Sh.ni uyi yonida spirtli ichimlik isteʼmol qila turib, Q.А. shu kuni kunduzi T.B.ni traktoridan foydalangani uchun haqqini to‘lashi kerakligi masalasida o‘zaro gap tortishib qolishlari oqibatida Q.А. yonidagi oshxona pichog‘i bilan T.B.ni chap qorin qismiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida T.B. “og‘ir” turdagi tan jarohat olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani Uychi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Q.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech