O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijonda og‘ufurushning faoliyatiga nuqta qo‘yildi

Andijon viloyati. 2022 yil 03 yanvar kuni Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 32 yoshli T.U. Andijon shahar "Yangi hayot" MFY hududida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari bozorida tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan shaxsga, sof og‘irligi 2.54 gr bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini 500.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtda, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida T.U.,ning yonlari ko‘zdan kechirilganida, uning egnida bo‘lgan qora rangli kurtkasining o‘ng cho‘ntagidan bir bo‘lak, sof og‘irligi 0,28 gr bo‘lgan, tezkor tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan shaxsga sotilgan, sof og‘irligi 2.54 gr. bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasidan ortib qolgan “gashish” giyohvandlik vositasini boshqa shaxslarga sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qisimi (ozginadan ko‘proq miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozir T.U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi hamda 25, 273-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech