Andijonda soxta IIB xodimiga nisbatan olib borilgan dastlabki tergov yakunlandi
Andijon viloyati. 2021-yilning noyabr oyi oxirlarida 36 yoshli T.U. o‘zganing mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, ichki ishlar organlari xodimi bo‘lmasa-da, ichki ishlar organlari formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib, Andijon shahar Mustaqillik MFY hududida o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan 33 yoshli U.O., ga go‘yoki Andijon viloyati IIBda ishlayotganligini aytib, uning ishonchiga kirib, undan turmush o‘rtog‘i Q.F., ni ikkinchi xotini bilan o‘rtalarida tuzilgan turmush qurganligi to‘g‘risidagi guvohnomani FHDYOda ishlovchi tanishlari orqali bekor qildirib berishini vaʼda berib, ushbu harakatlari uchun 900.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, u o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirib, 2021 yilning dekabr oyi boshlarida, ichki ishlar organlari xodimi formasida bo‘la turib, Andijon shahar O‘zbegim MFY hududida joylashgan “Avtovokzal” yonida o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan 35 yoshli Q.Q., dan go‘yoki Andijon viloyati IIBda ishlayotganligini aytib, uning ishonchiga kirib, uni turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun jo‘natib yuborishini aytib, chipta sotib olish uchun pul berishi kerakligini aytib, uni aldab, 50.000 so‘m pullarni olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan olgan pullarini o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha T.U. tomonidan jabrlanuvchilarga yetkazilgan barcha zararlar to‘liq qoplanib, jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi tanlangan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov yakunlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 381-moddasi tartibida ayblov xulosasini tasdiqlash uchun Andijon shahar prokuraturasiga yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti