Anor tagida 16 tup "kannabis" aniqlandi
Sirdaryo viloyati. 2021 yilning 22 aprel kuni soat 11:30 da Xovos tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Xovos tumani Yettiguzar mahallasida yashovchi 43 yoshli T.Firuzaning yashash xonadoni tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida joylashgan anor mevali ko‘chatlari tagidagi 1.5 m2 maydonda bo‘yi taxminan 6-7 sm bo‘lgan jami 16 (o‘n olti) tup nasha giyohvand o‘simligiga o‘xshash o‘simlik borligi, ushbu o‘simliklar tagiga agrotexnik ishlov berilib, parvarish qilinayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida T.Firuzaning tomorqasidan olingan 16 tup o‘simlik kannabis (Nasha) o‘simligi ekanligi, ushbu o‘simlik “marixuana” “gashish” giyohvandlik moddalarini tayyorlash uchun xomashyo bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan T.Firuzaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti