O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qarovsiz qoldirilgan qurilish texnikasining ehtiyot qismlarini metall olish punktiga topshirib yuborilgan bo‘lib chiqdi

Navoiy viloyati. 2020 yilning mart oyi o‘rtalarida nomaʼlum shaxs o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, «Janbusanoatmontaj» AJ,ga tegishli bo‘lgan va cho‘l hududida qarovsiz qoldirilgan «Turboukladchik KAT 594» rusumli traktorning har birining narxi 2 mln 560 ming so‘mdan bo‘lgan 10 dona «Kontgruz» va bahosi  900 ming so‘m bo‘lgan «Glushitel» ehtiyot qismlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, «Janbusanoatmontaj» AJga ancha miqdorni tashkil etuvchi jami 26 mln. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib hodisa joyidan yashiringan. Bir necha oy o‘tib AJ vakillari tomonidan IIOga murojaat qilib qonuniy chora ko‘rishni so‘rashgan.          

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan 05.11.2020 yilda Tomdi tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “B” bandi (ancha miqdorda sodir qilingan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida tumani Zarafshon shahrida yashovchi 25 yoshli Bekzod B. sodir etganligi aniqlanib, ushbu shaxs metall listlarni metall olish punktiga topshirib, jami 3.5 mln. so‘m miqdoridagi noqonuniy daromad olganligi aniqlangan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech