Qarzni qachon qaytarasan!?
Toshkent shahar. Joriy yilning 16 dekabr kuni soat 16:40 larda Chilonzor tumani IIO FMB Navbatchilik qismiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazidan 34 yoshli K.A. og‘ir sanchilgan tan jarohati bilan yotqizilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.
Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, joriy yilning 16 dekabr kuni soat 13:45 larda K.A. uydan chiqib Chilonzor tumani Xirmontepa ko‘chasi 8-uy yonida o‘zining tanishlari 42 yoshli X.R. va 33 yoshli M.B.,lar bilan uchrashib, undan tanishlari 1.600.000 so‘m qarzini qachon berishligini so‘rash jarayonida o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida M.B. cho‘ntagida bo‘lgan pichog‘i bilan bir necha marotaba K.A.,ga tan jarohati yetkazganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “D,K,ye,L” bandlari (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.R. va M.B.,lar protsessual tartibda ushlanishgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti