O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Arzon narxda uy-joy olishni istab, firibgarning iskanjasiga ilingan fuqarolar

Surxondaryo viloyati. 2020 yilda avgust oyida Denov shahrida yashovchi 40 yoshli O‘.N. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 39 yoshli M.D.ning ishonchiga kirib, unga o‘zining Denov tumani hokimiyatidagi tanishlari bilan gaplashib, arzon uylardan olib berishni aytib, aldov yo‘li bilan undan 2.070.000 so‘m pullarni olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, O‘.N. o‘zining jinoiy harakatini davom etirib, 2020 yil noyabr oylarida, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, Denov shahar “S.Olloyor” mahallasida yashovchi 35 yoshli K.S.ga ham arzon uy-joylardan o‘zining Denov tumani hokimiyatida ishlaydigan tanishlari bilan gaplashib uy olib berishni vaʼda qilib, ishonchiga kirib, undan 1.900.000 so‘m pullarni olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismining “B” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Birovga ishonch bildirishdan oldin chuqur o‘ylab ko‘ring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘ling!

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech