O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Attang!-olib qochilgan avtomobil texnik nosoz bo‘lib chiqdi

Namangan viloyati. 2021 yil 13 dekabr kuni Davlatobod tumani “To‘quvchi” MFY da yashovchi 46 yoshli S.v. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 12:30larda o‘ziga tegishli bo‘lgan “TIKO” rusumli avtomashinani yashash xonadoni oldidagi maydonda qoldirib, shu kuni soat 16:30larda yashash xonadonidan qaytib chiqqan vaqtida ushbu avtomashina qoldirilgan joyida yo‘qligini maʼlum qilib, avtomashinani topishda hamda olib qochgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 19 yoshli Q.A. sodir etganligi aniqlanib, S.v.ga tegishli bo‘lgan avtomashina Davlatobod tumani “Navbahor” MFYda joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasidan xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Q.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunbuzar bilan bir qator tergov harakatlari o‘tkazilganda, u 13 dekabr kuni “TIKO”ni olib qochganligidan so‘ng mazkur avtomashina yo‘lda buzilib qolganligi sababli uni tuzatish uchun Davlatobod tumani “Navbahor” MFYda joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasiga tashlab ketib, ustalarga o‘zining telefon raqamini yozib avtomashina sozlanganligidan so‘ng o‘ni olib ketmoqchi bo‘lganini maʼlum qilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Muallif: Tergov departamenti UMIB tergovchisi

mayor Xabibullayev Azizbek

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech