O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Avtomashina eshigini six bilan ochib, uni olib qochgan yoshlar qo‘lga olindi

Navoiy viloyati. Konimex tumani Zafarobod mahallasida yashovchi 18 yoshli R.Sh. do‘stlari K.S. va voyaga yetmagan J.J.lar bilan o‘zaro til biriktirib, 2022 yil 14 iyul kuni tungi soat 01:14 da Konimex tumani Zafarobod mahallasi yashovchi 35 yoshli T.B.ni egaligida bo‘lgan “NEXIA” rusumli avtomashinasini six yordamida ochib, g‘ayriqonuniy ravishda, hech qanday ruxsatsiz ushbu avtomashinani olib qochib, voqea joyidan yashiringan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida R.Sh. va uning sheriklari “NEXIA” rusumli avtomashinani Zafarobod mahallasi Shodlik ko‘chasi hududida boshqarib ketayotgan vaqtida Konimex tumani IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.Sh. va K.S. protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech