O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiyda tovlamachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Navoiy viloyati. 2023 yil 31 may kuni 40 yoshli Sh.v. (erkak) Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘nda 2022 yil avgust oyidan boshlab 34 yoshli Sh.A. (ayol) bilan tanishib, u bilan yaqin munosabatlarda bo‘lib kelganligini, so‘ngra esa Sh.A. ularning o‘rtasidagi sir saqlanishi lozim bo‘lgan munosabatlarni oshkor qilmasligi va u bilan birga yozishgan SMS va “Telegram” orqali xar xil maʼlumotlarni yaqin qarindoshlari hamda oila aʼzolariga tashlab bermasligi evaziga, shu kunga qadar tovlamachilik yo‘li bilan jami 4.500.000 so‘m pullarni olganidan so‘ng yana unga joriy yilning 31 may kuni qo‘ng‘iroq qilib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, 1.000.000 so‘m pullarini berishini talab qilib kelayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlik so‘ragan.

Mazkur ariza asosida Navoiy viloyati IIB TQX JQB UJQKB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sh.A. Navoiy shahrida joylashgan “Fauna” kafesining orqa tomonida ariza muallifi bilan uchrashib, undan talab qilib kelayotgan, 1.000.000 so‘m pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan ASH.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi

podpolkovnik S.Shirbacheyev

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech