O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Avtomashina yuvish shoxobchasi”da qoldirilgan  “Malibu” olib qochildi

Namangan viloyati. Joriy yilning 2 avgust kuni soat 14:30 larda Namangan shahrida joylashgan avtomobillar yuvish shoxobchasida ishchi bo‘lib ishlovchi 18 yoshli Osimxon A., shu yerda ishlab turib, yuvish uchun qoldirib ketilgan 25 yoshli Ayubxon A.,ga tegishli bo‘lgan “Malibu” rusumli avtomashinasini, avvaliga yuvib, so‘ngra nomaʼlum tomonga boshqarib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Osimxon A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida “Malibu” rusumli avtomashina Davlatobod tumani “Porloq” mahallasi hududidan texnik soz holda topilgan.

Hozirda O.A.,ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Agarda siz suratdagi shaxs haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz, 69-227-22-62, 97-592-17-71 yoki 102 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech