O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Avtomashinani olib qochib, ehtiyot qismlarga ajratgan ustasi farang qo‘lga olindi

Toshkent. Joriy yilning 04 dekabr kuni soat taxminan 13:00 larda 24 yoshli Maqsudxon M. Sergeli tumanida bo‘la turib 28 yoshli Hakimjon Yu., ning  “Gentra” rusumli avtomashina yo‘lning chetida qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, o‘zganing transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida, avtomashinaning oldi o‘ng oynasini o‘zining yonida bo‘lgan temirdan ishlangan bolg‘a orqali sindirib, avtoulovni Sergeli tumani “Olchazor” MFYShokirariq” ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan uyning yonigacha avtomashinani boshqarib borib, avtomashinaning salonida bo‘lgan pullarni, avtomashina ichida bo‘lgan uyali aloqa vositasi, bank plastik kartochkasini, haydovchiga tegishli bo‘lgan shaxsiga oid hujjatlarni o‘g‘irlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan, bundan tashqari  avtomashinaning old yoritgich chiroqlarini, avtomagnitolasini, avtomashina eshiklarining ichki qoplamasini, avtomashina “tablosini” qo‘riqlash tizimi pultini avtomashinadan yechib olib jami Hakimjon Yu.,ga 11.950.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 04 dekabr kuni Sergeli tuman 2-son IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha Maqsudxon M. Noqonuniy yo‘l bilan egallangan avtomobil jihozlarini “Farxod” avtomobil ehtiyot qismlari bozorida uchinchi shaxslarga sotib yuborgan.  

Hozirda Maqsudxon M., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 2-qismi “G” bandi va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yakkasaroy tumani IIO FMB

huzuridagi TB katta tergovchisi

podpolkovnik Sh.A. Mirkarimova

Text to speech